Qatlamni radial burg‘ilash va gidravlik parchalash ishlaridan so‘ng Talimarjon-11 qudug‘ining kunlik debiti 250 ming kub. m ni tashkil etdi.
Yuqori samarali texnologiyaning qo‘llanilishi qatlamning xomashyo berish imkoniyatini va uglevodorodlar oqimini oshiradi.
Kompaniya konlardan qazib chiqarish hajmini ko‘paytirish maqsadida mazkur zamonaviy texnologiyani boshqa, shu jumladan qazib chiqarish murakkab hisoblanadigan konlarda ham qo‘llashni mo‘ljallamoqda.
EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati