Iqtisodiyot tarmoqlarida nodavlat sektorning ulushi yanada kengaytiriladi

Iqtisodiyot 11:13 / 28.12.2019 3426

O‘zbekistonda “Xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2020 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

iqtisodiyot tarmoqlarida nodavlat sektorning ulushini yanada kengaytirish;

iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlariga xususiy investorlarning jalb qilinishini rag‘batlantirish;

barcha turdagi salohiyatli investorlarning xususiylashtirish jarayonlarida teng sharoitlarda ishtirokini ta'minlash;

xususiylashtirish sohasidagi mavjud normativ-hukukiy hujjatlarni yagona qonun hujjatida mujassamlashtirish;

xususiylashtirish bitimlarining ochiqligi va ommaviyligini ta'minlash, xususiylashtirishning yangi shartlarini joriy etish va boshqalar.

Mas'ul ijrochilar - Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2020 yil 1 iyun, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2020 yil 1 iyul.

Ko‘proq yangiliklar: