«Gazprom» Ukrainaning «Naftogaz»iga 2,9 mlrd dollar to‘lab berdi 

Iqtisodiyot 22:17 / 27.12.2019 10505

Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi Stokholm hakamlik sudi qaroriga binoan Ukrainaning “Naftogaz” kompaniyasiga 2,9 mlrd dollar to‘lab berdi. Bu haqda “Gazprom” vakili ma'lum qildi.

To‘lov ikki kompaniya o‘rtasida 20 dekabrda tuzilgan bayonnomada ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirilgan.

Hujjatga ko‘ra, ushbu to‘lovdan tashqari, kompaniyalar yakuniy qaror chiqarilmagan e'tirozlardan voz kechishga qaror qilishgan.

27 dekabrda Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak Moskva va Kiyev 1 yanvardan o‘zaro e'tirozlardan voz kechishlarini hamda taqiqlov ostiga tushgan mulklardan taqiq olinishini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: