Infarkt xavfini kamaytiruvchi vosita topildi

Light 21:30 / 23.12.2019 23250

Moskva viloyatidagi Nazariy va tajribaviy biofizika instituti olimlari dengiz o‘tlari, losos va forel baliq turlaridan olinuvchi astaksantin moddasi infarkt xavfini kamaytirishini aniqlashdi.

Institut mutaxassislari astaksantin moddasining avval noma'lum bo‘lgan xususiyatini ochishdi. Bu modda odatda oziqaviy qo‘shimcha sifatida qo‘llanib, immun tizimini mustahkamlashda yordam beradi.

Institut ilmiy kotibi Tatyana Perevyazovaning aytishicha, astaksantin moddasi yurakka kimyoviy tajovuzkor molekulalarning ta'sirini yo‘qqa chiqarishi mumkin. Bu esa yurak kasalligi rivojlanishi oldini oladi va infarktni boshdan kechirgan odamlarning sog‘ayishida yordam beradi. Bu haqda “Podmoskove segodnya” nashri yozdi. 

Mutaxassisning ta'kidlashicha, astaksantinning kalamushlarda sinalishi ijobiy natija bergan va kelgusida ushbu modda negizida dori vositalari ishlab chiqiladi.

Ko‘proq yangiliklar: