Polshadagi VISTULA universitetida o‘qish istagidamisiz?

Jamiyat 17:45 / 18.12.2019 21866

Buning uchun sizga Vistula universiteti ko‘maklashadi!!!

Universitetning manfaatli jihatlari:

• Erasmus + dasturi 

Bu dastur yordamida dunyoning 4000 dan ortiq universitetlarida o‘qishni davom ettirish imkoniyati bor (Aqsh, Kanada, Germaniya, Angliya, Yaponiya, Avstraliya, Koreya)

• Work and Travel dasturi

Bu dasturning sizga beradigan imkoniyati shundan iboratki. yozgi ta'til vaqtida qatnashib AQSh, KANADA, GERMANIYa, ANGLIYa, AVSTRALIYa davlatlaridan birida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

• 100% grant dasturi

Siz 2-bosqichdan 100% lik grantda o‘qishingiz mumkin. Bunga GPE dan yuqori natija ko‘rsatish orqali erishish mumkin.

• Ish bilan ta'minlash

Vistula universiteti o‘z bitiruvchilarini ish bilan ta'minlashi mumkin. 

VISTULA universiteti Polshadagi eng nufuzli universitetlardan biri hisoblanadi. U 1996 yilda Varshavada tashkil etilgan va 2011 yilda RASMAN VISTULA XALQARO toifadagi universitet sifatida tan olingan. Universitet Evropaning eng tez rivojlanayotgan poytaxtlaridan birida joylashgan bo‘lib, o‘zining noyob xalqaro atmosferasi va 5 qit'ada dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan talabalar bilan faxrlanadi.

2011 yil Wprost reytingida universitet Polshadagi eng yaxshi milliy universitetlardan biri sifatida faxrli 8-o‘rinni egalladi. Universitetning sa'y-harakatlari Outlook  reytingida ham baholandi, unda universitet 2011 yilda 18-o‘rinni eng yuqori ko‘tarilish uchun maxsus sovrinni qo‘lga kiritdi. Universitet shuningdek, Ambasadora Polskiej Nauki va nufuzli Uczelnia Lider (Liderlar maktabi) unvoniga ega bo‘lib, zamonaviy bilimlarga ega va mahalliy hamda xalqaro mehnat bozorida ish beruvchilarning talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.

Umumiy qurilish maydoni 25000 kvadrat metr bo‘lgan universitetda 8 ta kompyuter laboratoriyalari, 7 ta akt zali, 60 ta o‘quv xonasi, boy va maxsus mo‘ljallangan kutubxona, Olimpiya sport zali, 4 ta tennis korti va 300 ta mashinalar uchun to‘xtash joyi mavjud. Universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun asosiy tibbiy xizmatlar mavjud. Varshava metrosining yagona tarmog‘iga yaqinligi (atigi 50 m) uni shaharning barcha joylaridan osonlikcha olib chiqadi.

Bu yerda siz bakalavr darajasida (3 yil) va magistr dasturida (2 yil) ingliz yoki polyak tillarida o‘qishni tanlashingiz mumkin. Shuningdek, siz bir vaqtning o‘zida ikkita fakultetda o‘qish va oxirida bir vaqtning o‘zida turli mutaxassisliklar bo‘yicha ikkita diplom olish imkoniga egasiz. Shu bilan birga, ikkita dasturdan bittasining narxi to‘lanadi.

Vistula Universitetida siz o‘qishda yaxshi natijalarga erishsangiz va universitet hayotida faol ishtirok etsangiz- stipendiya olishingiz mumkin hamda 100% lik grant asosida tahsil olishni davom ettirishingiz mumkin.

Ikkita diplomni qo‘lga kiritish dasturi nima? Bu bitta fakultetda bir vaqtning o‘zida o‘qish va bir vaqtning o‘zida ikki darajaga ega bo‘lish imkoniyatidir.

Dasturga qabul qilinishi rejalashtirilayotgan talabalar soni: 

  • Til kursiga: 65ta
  • Bakalavrga: 72ta
  • Magistraturaga: 48ta

Ariza topshirish muddati: 2019 yil 27 dekabrga qadar davom etadi.

Yo‘nalishlari:

  • IQTISOD 1350 €
  • MOLIYa 1350 €
  • BUXGALTERIYa 1350 €
  • MENEJMENT 1350 €
  • XALQARO MUNOSABATLAR 1350 €
  • JURNALISTIKA 1350 €
  • FILOLOGIYa 1100 €
  • GRAFIKA 1100 €
  • AXBOROT TEXNOLOGIYa 1350 €
  • ARXITEKTURA 1600 €

O‘qish bakalavr, magistr va til kursida o‘qimoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. 

Kerakli hujjatlar:

  • Passport nusxa
  • Tug‘ilganlik guvohnomasi (metrka) nusxasi
  • Ota-ona pasport nusxasi
  • Diplom ilova bilan
  • 3,5x4,5 rasm 

Biz bilan bog‘lanish uchun: https://t.me/vistulauz

Vebsayt: https://vistula.uz

+998 94 590 31 01

+998 97 623 31 01

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: