Toshkentda Movarounnahr ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasiga qayta burilish joyi tashkil etiladi

Jamiyat 13:20 / 17.12.2019 6001

Toshkentda Movarounnahr ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasiga qayta burilish joyi tashkil etiladi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBBning Toshkent tibbiyot akademiyasi hududida (eski ToshMI) Movarounnahr ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasiga qayta burilish joyini tashkil etish tashabbusini shahar hokimiyati ham qo‘llab-quvvatlagan. 

«Hozirgi vaqtda ushbu masalani kamroq xarajat bilan hal qilish yo‘llari ko‘rib chiqilmoqda», - deyiladi ma'lumotda.

Bildirilishicha, qayta burilish joyini tashkil etish bilan bog‘liq ishlar davomida daraxtlar kesilmaydi, butazorlar esa qayta o‘tqaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: