O‘zbekiston TIV Xabarovskda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan migrantlarning ommaviy hibsga olinishi to‘g‘risidagi xabarni tekshirmoqda

Jamiyat 19:51 / 16.12.2019 12728

O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining bildirishicha, vaziyat bosh konsulxona nazoratida.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.

Avvalroq, Qirg‘iziston OAV 12 dekabr kuni Xabarovskda maxsus bo‘linma xodimlari reyd davomida "IP Vasilev" kompaniyasining avtobus parkidan Markaziy Osiyodan bo‘lgan 73 nafar migrant haydovchini olib ketishganini xabar qilgandi. Aytilishicha, ularning aksariyati Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan.

13 dekabr kuni Xabarovskdagi Qirg‘iziston konsulxonasiga 15 nafar fuqaro murojaat qilib, maxsus bo‘linma xodimlari kaltaklaganligini xabar qilgan. Ikki nafar fuqaro kasalxonaga yotqizilgan.

Ko‘proq yangiliklar: