Navoiy HETK: «Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi davom etadi»

Jamiyat 12:00 / 16.12.2019 2611

«Korrupsiyaga qarshi kurash» oyligi munosabati bilan «Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyatida, markaziy apparat ishchi-xodimlari bilan «Korrupsiya – xavfsizlikka tahdid» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

«Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori S.Hojiyev tomonidan davra suhbati ishtirokchilariga, «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tizim tarkibidagi korxonalar xodimlari tomonidan joriy 2019 yilda sodir etilgan jinoyatlar xususida ma'lumotlar berildi.

Mazkur tadbirda Navoiy shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i Azamat Xolmo‘minov ishtirok etdi.

Azamat Xolmo‘minov o‘z ma'ruzasida O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni, shuningdek «Jinoyat uchun jazo muqarrar» tamoyili mazmun-mohiyati bo‘yicha asosli tushuntirishlar berib o‘tdi.

Davra suhbati davomida jamiyat xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma'ruzachidan atroflicha javoblar olishdi.

«Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi»
AJ matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: