Netanyahu Trampga ikkita peyjyer sovg‘a qildi

Jahon 19:44 2630

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Vashingtonga tashrifi davomida AQSh prezidenti Donald Trampga «Hizbulloh»ga qarshi operatsiyani eslatib turish uchun oddiy va oltin bilan qoplangan peyjyerlarni sovg‘a qildi.

«Bu ajoyib operatsiya edi», — dedi Tramp. U Netanyahuga birga uchrashuvida tushilgan va «Bibi, buyuk yetakchiga» yozuvi tushirilgan suratni sovg‘a qildi.

Netanyahu Trampga ikkita peyjyer sovg‘a qilgani haqida, shuningdek, TASSga Isroil hukumati rahbarining ofisi maslahatchisi Dmitriy Gendelman ham ma’lum qilgan.

17 sentabr kuni Livanda «Hizbulloh» tezkor aloqada foydalanib keladigan peyjyerlarda portlashlar kuzatilgandi. Ertasi kuni ratsiyalar ham xuddi shu tarzda portlagan. Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, portlash oqibatida kamida 37 kishi, jumladan, bolalar ham halok bo‘lgan, 3 mingga yaqin odam jarohat olgan.

Reutersʼning Livan maxsus xizmatlaridagi manbalariga tayanib ma’lum qilishicha, Isroilning «Mossad» razvedka xizmati operatsiyadan bir necha oy oldin «Hizbulloh» xarid qilgan 5 mingta peyjyerga portlovchi qurilmalarni o‘rnatgan.

«Mossad»ning o‘zini Gabriel deb atagan boshqa bir sobiq xodimi peyjyerlar amaliyoti 2022 yilda boshlanganini aytgan.

Peyjyerga portlovchi moddalarni o‘rnatish uchun isroilliklar Tayvanning Gold Apollo firmasining original mahsulotini kattalashtirishi talab etiladi.

«Men direktorimiz oldiga kirib, uning stoliga [peyjyerning yangi modifikatsiyasini] qo‘ygan kunimni unutmayman. U g‘azab otiga mingandi — deydi Gabriel. — U aytdi: hech kim hech qachon bunday katta devaysni sotib olmaydi! Uni cho‘ntakda olib yurish noqulay! U og‘ir! Bu bo‘lmaydi! Ket va boshqa variant bilan qayt». Gabrielning so‘zlariga ko‘ra, u ikki hafta davomida direktorni ularning yangi peyjyeri «xunuk bo‘lsa ham, o‘ziga xos bezagi borligi»ga ishontiradi. Yakunda baribir ko‘ndiradi.

Ko‘proq yangiliklar: