«Gulshan» bog‘i hududida klinika quriladi

Jamiyat 07:55 / 16.12.2019 5236

Toshkent shahridagi «Gulshan» bog‘i hududida klinika quriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar tarqatdi.

Bildirilishicha, hozirgi kunda Toshkent shahridagi aholi soni ko‘payib borayotganligi sababli tibbiyot xizmatlariga ehtiyoj ham ortib bormoqda. 

«Shuni inobatga olgan holda Toshkent shahrida 100 foiz davlat tasarrufida bo‘ladigan 4 ta ko‘p tarmoqli klinika qurish ko‘zda tutilgan.  Ular 1-Tibbiyot Akademiyasi, Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji, 2-Tibbiyot Akademiyasi hamda «Gulshan» bog‘i hududlarida barpo etilishi rejalashtirilgan. 

Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi ushbu bog‘ hozirgi kunda qarovsiz ahvolga kelgan. Uning hududida ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasi qurilishi barobarida atrofi ham obodonlashtiriladi», - deyiladi ma'lumotda.

Aytilishicha, qurilish-loyiha ishlari bog‘dagi daraxtlarni inobatga olgan holda olib boriladi. Prezident qarori bilan e'lon qilingan moratoriyga zid kelmagan holda katta daraxtlar joyida qolib, kichik daraxtlar perimetr bo‘ylab boshqa joylarga o‘tkaziladi. Buni amalga oshirish maqsadida maxsus texnika xarid qilingani ta'kidlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: