GRP usuli qo‘llanilishi ortidan 16 dekabr kuni Sharqiy Xatar-1 va G‘arbiy Kruk-26 konlaridagi ikkita quduqning kunlik debiti mos ravishda 80 ming kub.m gacha gaz hamda 8 tn neft miqdorigacha ko‘tarildi.
Sharqiy Xatar-1 qudug‘ining kunlik debiti 0 dan 80 ming kub.m gacha oshdi.
Kruk-26 qudug‘ining kunlik debiti 0,6 dan 8 tn neft miqdorigacha oshdi.
Qazib olinayotgan uglevodorodlar hukumat qaroriga muvofiq to‘liq hajmda aholi ehtiyoji uchun yo‘naltirilmoqda.
Uzatish quvurlari qurilishi davom etmoqda:
- «Tandircha YP – Sho‘rtanneftgaz» (45 km);
- «Chigil YP – Muborak GQIZ» (110 km);
- «Talimarjon YP - Sho‘rtanneftgaz» (8 km).
Qurilish ishlari kecha-yu kunduz mezonida olib borilmoqda.
16 dekabr holatiga ko‘ra jami:
- Keltirish uchun yuklangan quvurlar – 40,5 ming tn;
- Keltirilgan quvurlar – 25,7 ming tn;
- Kavlangan zovurlar – 84,5 km;
- Qatorga payvandlangan quvurlar – 106,7 km;
- Yotqizilgan quvurlar – 69,8 km ni tashkil etdi.
EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati