«Asaka» banki mamlakatimizdagi yetakchi moliyaviy institutlardan biri bo‘lib, O‘zbekiston tashqi-iqtisodiy faoliyatining faol qatnashchilaridan biri hisoblanadi. Mazkur bank xorijning ko‘plab banklari va xalqaro moliya institutlari bilan sheriklik va ishbilarmonlik munosabatlarini o‘rnatgan. Jumladan, Yaponiyaning Nexi eksport kredit agentligining sug‘urtasi ostida loyihalarni moliyalash yo‘nalishida MUFG, ING, Mizuho, SMBC (Sumitomo Mitsui Banking Corporation), JBIC (Japanese Bank for International Cooperation) singari banklar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yaponiyaga amalga oshirishi kutilayotgan davlat tashrifi oldidan bugun Yaponiyada tashkil etilgan biznes forum doirasida «Asaka» banki va Yaponiyaning Sumitomo Mitsui Banking Corporation (SMBC) moliya muassasasi o‘rtasida qiymati 100 million AQSh dollariga teng hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Mazkur shartnomaning amaliyotga tadbiq etilishi savdoni moliyalashtirish vositalari ko‘magida yurtimiz avtosanoati uchun butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar yetkazib berish, shuningdek, Yaponiyada ishlab chiqarilgan texnologik uskunalarni import qilish imkonini beradi.
«Asaka» bank – Sizning biznes faoliyatingizdagi ishonchli hamkoringiz!
Call-markaz: 1152
Veb-sayt: www.asakabank.uz
Telegram: t.me/bank_asaka
Facebook: fb.com/bankasaka
Instagram: @asaka_bank
Reklama huquqi asosida