ANADOLU shifokorlari: saraton bizdan qo‘rqishni boshlagan dushmandir

Jamiyat 09:00 / 16.12.2019 4474

Shu yilning may oyida, Respublika Onkologiya Markazi va Turkiyaning ANADOLU tibbiyot markazi orasida hamkorlik memorandumi imzolangan kundan boshlab, ikki tarafning yuqori malakali shifokorlari va mutaxassislari tomonidan saraton kasalliklariga qarshi birgalikda kurashishga qaratilgan ulkan ishlar amalga oshirildi. ANADOLU shifokorlari saratonni boshidan kechirgan, uni yenggan va odatiy hayotga qaytgan insonlar soni bundan keyin faqat oshib borishiga ishonadilar.

Turkiyadagi ANADOLU tibbiyot markazi O‘zbekistonlik patsiyentlarga taklif etayotgan, turli etiologiyadagi saraton kasalliklarining innovatsion davolash usullari haqida klinika mutaxassislari – tibbiy onkolog Sinan Karaaslan va jarroh Ayxan Erdemir quyida o‘z fikrlarini bildiradilar.

ANADOLU tibbiyot markazi shifokorlari: jarroh Ayxan Erdemir (chapda) va tibbiy onkolog Sinan Karaaslan (o‘ngda)

Klinikadagi kasallikka tashxis qo‘yish va uni davolashni rejalashtirish tartibi

Ayxan Erdemir: Bemorlarimizning 40% ga yaqini – chet el fuqarolari. O‘zga, notanish yurtga kelish odamlarda ma'lum bir qo‘rquv va stressni vujudga keltirishini hisobga olib, biz davolashni imkoni boricha tezroq boshlash va tez orada ularga ishonch va sog‘liqni qaytarishga intilamiz. Biz chin dildan ishonamiz va bilamizki, saratonni yengish mumkin va buning imkoni bor! Klinikada biz yuzlab baxtli voqealarning guvohi bo‘lganmiz.

Patsiyent bilan u klinikamizga kelguniga qadar ishlay boshlaymiz – undagi mavjud barcha tadqiqot natijalari, rasmlar va tibbiy xulosalarini soha mutaxassislaridan iborat jamoamiz bilan birgalikda o‘rganib chiqamiz va tahlil qilamiz.

Demak, bemor klinikamizga kelganida, biz uning kasallik tarixi haqida tushunchaga ega bo‘lamiz. Shu bilan birga, yana qaysi qo‘shimcha tekshiruv va tahlillar kerakligini aniqlab, ulardan zarurlarini shu yerda o‘tkazamiz. Aytgancha, har qanday bemor bu kabi «qo‘shimcha tibbiy ko‘rik»ni bizdan mutlaqo bepul olishi mumkin: biz kasallik tarixini o‘rganib chiqamiz, so‘ngra kasallik haqidagi xulosamiz va tavsiya etilgan davo muolajasi haqidagi fikrimizni beramiz.

Keyingi bosqichda, har bir klinik holat markazimizning o‘zida, multidissiplinar (ko‘p tarmoqli) konsiliumda muhokama qilinadi. Bu konsilium jarroh, radiolog, yadro tibbiyoti shifokori, tibbiy onkolog va boshqa mutaxassislardan iborat. Bunday keng miqyosli, umumiy ish natijasida biz barcha tahlil natijalarini qayta ko‘rib chiqib, muhokama qilamiz va keyingi davolash taktikasi haqida qaror qabul qilamiz. Bu bizga har bir patsiyent uchun eng yuqori samarali davolash rejasini tanlash va tibbiy xatolarning oldini olishga yordam beradi. Natijada, biz zudlik bilan atigi 2-3 kun ichida kasallikka tashxis qo‘yamiz. Odatda, patsiyentning klinikada o‘tkazgan uchinchi kunidayoq aniq diagnoz (tashxis) qo‘yib, davolashga o‘tishimiz mumkin.

ANADOLU markazida diagnostika jarayoni 2-3 kunni oladi, shundan so‘ng bemorga aniq tashxis qo‘yiladi va unga kerakli davolash jarayoni boshlanadi

Jarrohlik amaliyotidan tashqari, klinikada taklif etiladigan yana boshqa davolash usullari

Sinan Karaaslan: Aytib o‘tilganidek, hamkasblar bilan konsilium o‘tkazgach (maslahatlashgach), keyingi davolash borasida qaror qabul qilamiz.

Onkologik patologiyalarni davolashda, jarrohlik aralashuvidan tashqari juda ko‘p imkoniyatlar mavjud. Zamonaviy tibbiyot erishgan yutuqlar tufayli biz shifokor va olimlar, o‘simta hujayralarining molekulyar genetik tuzilishini aniqlashni o‘rgandik. Yuqori aniqlikdagi patologik laboratoriya diagnostikasi bizga saraton hujayralaridagi ba'zi mutatsiyalarni aniqlash va uni baholash imkonini beradi. Bu tahlil natijalariga ko‘ra, davolashning eng maqbul usulini tanlaymiz: immunoterapiya yoki maqsadli (target) davolash, molekulyar davolash yoki kimyoviy terapiya. Bugungi kunda biz bu kabi usullar yordamida har bir o‘simta uchun eng samarali davo muolajasini tanlash imkoniga egamiz.

Masalan, bugungi kunda saratonni davolashdagi odatiy kimyoviy terapiyaga solishtirganda, immunoterapiya va saraton hujayralariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir etuvchi, target (maqsadli) terapiya ayniqsa katta yutuqlarga erishish imkonini bermoqda. Bunda, immunoterapiya, odatda dorilarni tomir orqali tomchilab yuborishni nazarda tutadi. Maqsadli (target) davolash esa dorilarni tabletka shaklida qabul qilishni nazarda tutadi. Natijada bemor davolash jarayonini yengil va qulay o‘tkazadi (chunki, bunda u doimiy ravishda klinikada qolishga majbur emas). Ammo, davolash muolajasini tanlash har doim saraton hujayrasining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi, shu sababli har doim o‘simtaning molekulyar-genetik tekshiruvi o‘tkaziladi. ANADOLU shunday tezlikda ishlovchi va ishonchli natijalar beruvchi diagnostika laboratoriyasiga ega bo‘lgan dunyodagi sanoqli klinikalardan biridir!

Ilm-fan aql bovar qilmas darajada rivojlandi va bugungi kunda biz shunday mahalliy davolashni amalga oshira olamiz. Agar hujayrada ma'lum bir mutatsiya mavjud bo‘lsa, aynan shu hujayra uchun mo‘ljallangan, maqsadli (target) dori vositasi boshqa hujayralarga ta'sir qilmay va (odatiy, «kimyoviy» davolashdan farqli o‘laroq) umumiy toksik zararlanishni vujudga keltirmay davolaydi. Zamonaviy tibbiy amaliyotda immunoterapiya hali unchalik ham keng qo‘llanilmaydi. Lekin biz uni standart kimyoviy terapiya bilan birgalikda qo‘llaymiz va natijada davolash samaradorligini oshiramiz.

ANADOLU klinikasida ko‘plab jarrohlik amaliyotlari «Da Vinchi» roboti yordamida amalga oshiriladi

Jarrohlik amaliyoti yordamida davolash usullari hamda kasallikning turli bosqichlarida klinikada erishish mumkin bo‘lgan natijalar va mavjud imkoniyat

Ayxan Erdemir: Hamkasbim aytganidek, bemorlar bizga kasallikning turli bosqichlarida, jumladan oxirgi bosqichda ham kelishadi. Ular orasida qorin bo‘shlig‘i organlarining o‘tkazib yuborilgan patologiyalari ayniqsa ko‘p uchraydi. Bunday bemorlar uchun bizda maxsus perinatal patologiya va qorin bo‘shlig‘i onkologik kasalliklarini davolash markazi mavjud. Ba'zi hollarda biz davolash muolajasini tanlashda ehtiyotkorlik bilan yondashishga majburmiz. Lekin shuni aniq ayta olamizki, kasallikning oxirgi bosqichlarida ham biz bemorga tashxis qo‘ya olamiz va unga jarrohlik yo‘li bilan davolash amaliyotini o‘tkazish imkonini bera olamiz. 

Shuni ta'kidlash joizki, bugungi kunda klinikamizdagi ko‘plab operatsiyalar minimal invaziv usulda – «Da Vinchi» robotidan foydalanib amalga oshirilmoqda. Bu qurilma inson qo‘liga nisbatan aniqroq va harakat imkoni yuqoriroq bo‘lib, u hatto eng murakkab operatsiyalarni ham yuqori samaradorlik bilan amalga oshirishga imkon beradi. Operatsiya atigi bir nechta jarrohlik kesish orqali amalga oshiriladi, shu sababli bemor tezda oyoqqa turib, uyiga qaytishi mumkin. Bunda bemorda odatiy jarrohlikdan keyingi og‘riqlar kuzatilmaydi, u ko‘p qon yo‘qotmaydi, tanada katta chandiqlar qolmaydi – bu shubhasiz katta afzallik.

Klinikamizda o‘tkazilayotgan, noyob HIPEK tsitoreduktiv jarrohlik amaliyoti alohida e'tiborga loyiq. Uning o‘ziga xosligi shundaki, amaliyot paytida qorin bo‘shlig‘ining shikastlangan qismlari makroskopik jarrohlik «tozalash» orqali olib tashlanadi. So‘ngra esa qolgan, inson ko‘ziga ko‘rinmaydigan saraton hujayralarini yo‘qotish maqsadida, ilitilgan (41- 43 darajadagi) kimyoviy terapevtik dori vositasi yuboriladi. Ya'ni bu hujayra darajasida mahalliy ta'sirni amalga oshirish uchun operatsiya vaqtidagi issiq kimyoviy davolashdir. Odatda, ushbu jarrohlik aralashuvi va qorin bo‘shlig‘ini kimyoviy terapevtik eritma bilan davolash natijasida biz keyingi bosqichlarda bemor umrini uzaytirishga yordam beramiz. Klinikamizda ushbu operatsiyani boshdan kechirgan va 4 yildan beri bizda quvvatlovchi muolaja olib kelayotgan real misollari mavjud. Bu zamonaviy tibbiyotning kishini hayratga soluvchi, ajoyib yutug‘idir!

Onkologik va diagnostika markazlaridan tashqari, ANADOLU klinikasi tarkibiga quyidagilar kiradi:

Chet eldan kelgan bemorlar o‘zini qulay va xotirjam his qilishi uchun klinikada katta xalqaro bo‘lim tuzilgan (uning 85 nafardan ortiq ishchilari mavjud, ulardan 12 nafari rus tilida so‘zlashuvchi koordinatorlar va 18 nafari tarjimonlardir). Bo‘lim tarkibiga shifokorlar jamoasi ham kiradi. Xalqaro bo‘lim vakillari kecha-yu kunduz ishlaydi va bemorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kafolatlanadi.

Ma'lumot uchun Turkiyadagi telefonlar:

(+90) 262-678-54-67

(+90) 262-678-50-22

Sayt: www.anadolumedicalcenter.ru

E-mail: int.patiens@Anadolusaglik.org

Facebook: fb.com/Anadolumedical.official

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: