14 dekabrda soat 7:30 atrofida Chilonzor tumanining Bunyodkor ko‘chasida “HOHAN” rusumidagi yuk mashinasi haydovchisi 61 yoshli Baxtiyor A. mashinasining bort kuzovi ko‘tarilgan holda ko‘prik ostidan o‘tayotganda uning tag qismiga urildi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuk mashinasining bort qismi chiqib ketib, ko‘prikka vertikal holda tiralib qolgan.
Yo‘l-transport hodisasiga haydovchining bort kuzovini tegishli holatga tushirmagani sabab bo‘lgan. Hech kim jabrlanmagan.