Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida 12 dekabr soat 11:30larda fuqaro S.B. «Neksiya» rusumli avtomashinani «Beshterak – Makrid» 4K-275 yo‘lining 6-kilometrida boshqarib ketayotgan paytda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Postda.uz’ning xabar berishicha, u boshqaruvni eplay olmagani tufayli mashina yo‘l chetiga chiqib ketadi va daraxtga uriladi.
Natijada yo‘lovchilar O.Ch. va Sh.K. jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Afsuski, tibbiy muolajalar ko‘rsatilishiga qaramasdan, ular shu yerda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.