Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumani IIBga Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro I.I. ariza bilan murojaat qildi, deb yozmoqda Postda.uz.
Fuqaroning murojaatida aytilishicha, joriy yilning may oyida tanishi, Bag‘dod tumanida istiqomat qiluvchi M.H. supurgi mahsulotlarini yetkazib berishni va'da qilib, undan 104 million so‘m pul oladi.
Ammo M.H. va'dasini bajarmasdan, olingan pulni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.
Hozir holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi ma'lumotda.