Bektemir tumanidagi asosiy yo‘lning bir qismi vaqtincha yopiladi 

Jamiyat 11:26 / 14.12.2019 9552

Joriy yilning 15 dekabr soat 22:00 dan 19 dekabr soat 23:00 ga qadar Bektemir tumanidagi asosiy yo‘lning bir qismi vaqtincha yopiladi. 

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, yer osti yuqori bosimli gaz quvurini ta'mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan:

“Qo‘yliq dehqon bozori”ning old tomonidan Bektemir yo‘li ko‘chasi bo‘ylab THAYga o‘tish (dublyor) qismigacha bo‘lgan oraliqdagi yo‘lning qatnov qismi avtomobillar harakatlanishi uchun vaqtincha yopiladi;

“Qo‘yliq universal savdo majmuasi”ning old tomonidan Bektemir yo‘li ko‘chasi bo‘ylab THAYga o‘tish (dublyor) qismidagi oraliqdagi yo‘lning qatnov qismi avtomobillar harakatlanishi uchun vaqtincha yopiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.

Ko‘proq yangiliklar: