Xonadondagi temir seyfdan qariyb 7 000 dollarni o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi

Jamiyat 11:38 / 13.12.2019 6843

Joriy yilning 10 dekabr kuni Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida yashovchi 1958 yilda tug‘ilgan D.T. ismli ayol IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, u shu yil 9 dekabr kuni noma'lum shaxs uning uyiga kirib, temir seyfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, ichidan 6 800 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni Past Darg‘om tumani Ilg‘or qishlog‘ida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan O.H. sodir etganligi aniqlanib ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: