Toshkent shahrida yangi yilga tayyorgarlik va bayram tadbirlarini tashkil qilish ishlari bilan bog‘liq ishlar sabab qator ko‘chalar yopildi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, 2019 yil 13 dekabr kuni soat 08:00 dan 2020 yil 10 yanvar kuniga qadar quyidagi yo‘llarda harakatlanish to‘xtatiladi:
Istiqlol ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Zarafshon ko‘chasining Mustaqillik shoh ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ralgan.