Qozog‘iston IIV bilan hamkorlikda «Nolegal» tadbiri o‘tkazildi

Jamiyat 12:21 / 13.12.2019 6009

2019 yilning 12 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi kelishuvlarga asosan, Qozog‘istonning Nur-Sulton, Olma-ota va Chimkent shaharlarida o‘tkazilgan “Nolegal” tadbiri doirasidagi reydlar davomida vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, qiyin ahvolga tushib qolgan 5 nafar fuqaroga “Vatanga qaytish guvohnoma”lari tayyorlanib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko‘magida “Nur-Sulton-Toshkent” aviareysi bilan olib kelinishiga erishildi.

IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur fuqarolar “Islom Karimov” nomidagi xalqaro aeroportda kutib olinib, yashash manzillariga qaytib ketishlari uchun eng kam ish haqining bir barobari miqdorida pul mablag‘lari ajratildi.

“Shuningdek, ularning barchasi bilan davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar, ish o‘rinlari va tadbirkorlik faoliyati uchun kreditlar olish turlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi”, - deyiladi ma'lumotda.

Hozirgi vaqtda Tashqi ishlar vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlikda xorijiy fuqarolarni vaqtincha ushlab turish markazlarida saqlanayotgan 37 nafar fuqaroni mamlakatga qaytarish choralarini ko‘rish davom ettirilayotgani aytiladi.

Ko‘proq yangiliklar: