13 dekabr kuni Golden House Toshkent shahrida “Assalom” turar-joy majmuasidagi ikkita uylardan biridagi xonadonlar sotuvi boshlanganligi haqida e'lon qildi.
“Assalom” – bu Golden House kompaniyasining komfort toifadagi yangi yorqin turar-joy majmuasidir. Majmua hududida 2 ta to‘qqiz qavatli yig‘ma-monolit uylar joylashadi hamda ular o‘rtasida yopiq maydon tashkil etilib, u yerda shiyponlar, skameykalar, bolalar maydonchasi, ko‘kalamzorlashtirish zonalari va favvora joylashtiriladi. Faqat beton va armaturadan ishlangan sovet panel uylaridan farqli ravishda, uylarimizning fasad panellari ichida isitgichlar o‘rnatilgan. Bunday xususiyat energiya samaradorligini va shovqindan himoyani ta'minlaydi. Baland binolardagi xonadonlar issiq bo‘ladi, demak xonadon egalari qishda xonadonni isitish va yozda sovitish bilan bog‘liq xarajatlarda mablag‘larini tejashi mumkin bo‘ladi.
Inshoot zilzilabardoshligi 9 balldan yuqori amplitudali zilzilalarga mo‘ljallangan. Turar-joy majmuasining qulay infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida bino sokoli va birinchi qavatlari tijorat faoliyati uchun ajratilgan.
Puxta o‘ylangan, ergonomik tarxiga ega, so‘nggi pardozlash ishlari bajarilgan xonadonlar odamlar ko‘chib kelib yashashi uchun tayyor! Xonadonni 332 mln. so‘mdan boshlanadigan hamyonbop narxda xarid qilgan holda siz mablag‘laringizni tejaysiz, chunki xonadon bilan birga siz quyidagilarga ega bo‘lasiz:
- o‘rnatilgan kirish va xonalararo eshiklar;
- xonalardagi laminatsiyalangan pol usti qoplamalari;
- elektr energiyasi liniyalari o‘tkazilishi va rozetkalar o‘rnatilishi;
- yakka tartibdagi ikki konturli qozonlar va isitish asboblari montaji;
- oyna bloklari (ikki kamerali oyna paketlar) o‘rnatilishi.
Bundan tashqari, agar xonadonni 31 dekabrga qadar xarid qilishga ulgursangiz – oshxona sovg‘a tariqasida beriladi.
Batafsil ma'lumotni sotuvlar ofisida olishingiz mumkin.
Sotuvlar bo‘limi telefon raqami: +998(99) 808 55 73, (99) 825 11 11
Manzil: Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, “Assalom” turar-joy majmuasi
Telegram-kanal: t.me/assalom_gh
Facebook: fb.com/assalom.gh
Instagram: instagram.com/assalom.gh
Vebsayt: assalom.gh.uz
Reklama huquqi asosida