O‘zbekiston fuqarosi Rossiyadagi YTHda og‘ir darajada jarohat oldi

Jamiyat 10:10 / 10.12.2019 6565

O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi (Rossiya) FVVning Orenburg oblasti bo‘yicha bosh boshqarmasiga tayanib ma'lum qilishicha, 2019 yil 8 dekabr kuni «Qozon-Orenburg-Akbulak» trassasida Ugolnoye qishlog‘i hududida «Gazel» yuk mashinasi va miniven ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

TIV xabariga ko‘ra, YTH natijasida voqea joyida 4 kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi Sol-Iletsk shahridagi «Gorodskaya bolnitsa» davlat budjet sog‘liqni saqlash muassasasiga yotqizildi. Jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarosi I.B. bor. Uning sog‘lig‘i holati uzoq muddatli davolanishni talab qiluvchi o‘rtacha og‘ir darajada.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va mahalliy hokimiyat va vatandoshimiz joylashgan tibbiy muassasa bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov oblasti, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijyegorod oblasti, Orenburg oblasti, Penza oblasti, Perm o‘lkasi, Samara oblasti, Saratov oblasti, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov oblasti, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda Qozon shahridagi mamlakat bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma'lum qildi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.

Ko‘proq yangiliklar: