«Eng kitobxon maktab» loyihasi tuman tanlovi

Jamiyat 10:00 / 10.12.2019 7072

2019 yil 9 dekabr kunida Koson tumanida «Eng kitobxon maktab» loyihasi o‘tkazildi. Tadbir doirasida jami 55 ming o‘quvchilarning ota-onalari 70 mingdan ziyod kitoblar olib berishdi.

Joylarda tashkil etilgan kitob yarmarkalari loyihaning bir qismi bo‘lib, ota-onalar va o‘quvchilarning kitobga qiziqishlarida yana bir omil bo‘lmoqda. Shuningdek, mazkur loyiha Prezidentimizning 4-tashabbusida ko‘rsatilgan vazifalarni ham qamrab olishga qaratilgan. 

«Eng kitobxon maktab» loyihasi tadbirida barcha maktablar faol ishtirok etib, 1-o‘rinni 72-maktab, 2-o‘rinni 27-maktab, 3-o‘rinni 67-maktablar qo‘lga kiritdi. Shuningdek, tuman hokimi A. Boykarayev tomonidan 3 dekabr «Xalqaro nogironlar kuni» munosabati bilan imkoniyati cheklangan 115 nafar o‘quvchi hamda 50 nafar chin yetim bolalarning har biriga 125 ming so‘mlik kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

2019 yil tuman hokimligi faollar zalida «Eng kitobxon maktab» loyihasining yakuni va taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi A.Boykarayev, barcha ta'lim muassasa rahbarlari hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi. Respublika ishchi guruhi «Eng kitobxon maktab» tashkilotchilari tomonidan kitobsevarlik tadbiri katta taassurot qoldirganini e'tirof etdi. Tuman hokimi har bir maktabga 1 mln. so‘mlik, jami 102 mln. so‘mlik kitob sovg‘alarini topshirdi. 

Tadbirda tuman tashkilot rahbarlari, Nuroniy jamg‘armasi raisi va boshqalar kitobning o‘rni to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirishdi. 

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: