«Arsenal» 9 daqiqa ichida 3ta gol urib, «Vest Hem» ustidan irodali g‘alabaga erishdi (turnir jadvali)

Sport 03:17 / 10.12.2019 12176

Angliya Premer-ligasi 16-turi doirasidagi so‘nggi uchrashuvda safarda «Vest Hem»ga qarshi maydonga tushgan «Arsenal» irodali g‘alabaga erishdi. 

London derbisida hisobni 38-daqiqada mezbonlar himoyachisi Ogbonna ochib, jamoasini tanaffusga g‘olib sifatida olib chiqdi. 

Ammo, ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Martinelli muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 66-daqiqada Pepe, 69-daqiqada esa Obameyang gol urib, Yungberg qo‘l ostida «Arsenal»ga dastlabki g‘alabani taqdim etishdi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng, «Arsenal» ochkolar sonini 22taga yetkazib, turnir jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, «Vest Hem» 16-o‘rinda qoldi.

Qayd etish joiz, bu «Arsenal»ning oktabr oyidan buyon Premer-ligadagi dastlabki g‘alabasi bo‘ldi. «Kanonirlar» 7 o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘yishdi.

APL. 16-tur. 9 dekabr (dushanba)

Vest Hem – Arsenal 1:3

Gollar: 1:0 – 38 Ogbonna, 1:1 – 60 Martinelli, 1:2 – 66 Pepe, 1:3 – 69 Obameyang.
Vest Hem – Martin, Frederiks, Balbuena, Kressuell (Masuaku, 51), Ogbonna, Snodgrass (Xolland, 78), Rays, Antonio, Nobl, Felipe Anderson (Aller, 70), Fornals.
Arsenal – Leno, Chembers, Tirni (Kolashinats, 29), Papastatopulos, Meytlend-Naylz, Jaka, Torreyra, Pepe, O‘zil, Martinelli, Obameyang.

Ko‘proq yangiliklar: