«Moskvarium»: Yevropaning eng katta akvariumlardan biriga sayohat

Light 18:30 / 09.12.2019 19620

Rossiyaga safarini davom ettirayotgan Kun.uz muxbirlari Moskva shahridagi suv osti ajoyibotlari jamlangan Moskvariumdan video va fotoreportaj  tayyorlashdi. 

Moskvarium – Yevropaning eng yirik akvariumlaridan biri bo‘lib, Moskva shahridagi  VDNX (Vystavka dostijyeniy narodnogo xozyaystva - Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi) parki ichida joylashgan. Moskvariumga borish uchun qulay yo‘l bu metro. Eng yaqin metro bekati ham VDNX bekatidir. 

Ushbu ajoyib suvosti maskani 2015 yil 5 avgustda foydalanishga topshirilgan.

Uning ekspozitsiyasida 80dan ortiq akvarium joy olgan bo‘lib, 12 mingdan ortiq dengiz va chuchuk suv hayvonlari mavjud. 

Akvariumning umumiy maydoni 53 ming kvadrat metr bo‘lib, 25 ming kub suvni o‘z ichiga sig‘dirgan. 

Akvarium haqiqatan katta va chiroyli qilib qurilgani e'tiborga loyiq. Dam olish kunlari akvarium bolalar va ularning ota-onalari bilan gavjum bo‘ladi.  

Dunyoning turli o‘lkalarida uchraydigan suvosti jonzotlarini shu yerda uchratish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: