«Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari»: Vohada transformator punktlari va elektr tarmoqlari mukammal ta'mirlanmoqda

Jamiyat 17:31 / 07.12.2019 2486

Ma'lumki, Qashqadaryo viloyati hududi keng va aholi ko‘p yashaydigan maskanlardan hisoblanadi. Vohada elektr energiya ta'minotini yaxshilash borasida maqtashga arzigulik ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyatda 644875 nafar iste'molchilar mavjud bo‘lib, ularni elektr energiya ta'minotini yaxshilash maqsadida «Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan qator ishlar amalga oshilayotir.

Xususan, joriy yilda jami 730 kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 230 dona transformator punktlari rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi, 1960 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlari hamda 655 dona transformator punktlarini mukammal ta'mirlanishi rejalashtirilgan edi.

Ishni to‘g‘ri tashkil qilib, kuch va vositalardan o‘z o‘rnida foydalanilganligi natijasida 749 kilometr elektr tarmoqlari, 237 dona transformator punktlari rekonstruksiya va modernizatsiya qilindi. 1970 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlari va 655 dona transformator punktlari mukammal ta'mirlandi.

Prezidentimizning 2016 yil 23 noyabrdagi «2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 163,3 kilometr uzunlikdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda 127 dona transformator punktlarida yangi qurilish va rekonstruksiya ishlari bajarildi.

Vohada amalga oshirilayotgan energetika tizimidagi ijobiy ishlar tufayli qishloq va mahallalarda yashovchi aholi sifatli elektir ta'minotidan bahramand bo‘lmoqda. Soha xodimlari tomonidan aniq rejalar asosida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida elektr energiyasi ta'minoti yaxshilanib bormoqda.

«Obod qishloq» dasturiga asosan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad qishloq va mahallalardagi sharoitni yaxshilash, aholining turmush madaniyatini yuksaltirish, yo‘l-transport, muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha obektlarini barpo etishdan iborat. Xususan, «Obod mahalla» dasturi doirasida joriy yilda viloyatda 556,7 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 74 dona transformator punktlarida yangi qurilish va rekonstruksiya ishlari bajarildi. Shuningdek, 457,1 kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 296 dona transformator punktlari mukammal ta'mirlandi.

Vohada qurilayotgan namunaviy va arzonlashtirilgan ko‘p qavatli uy-joylar hamda boshqa obektlarning elektr ta'minoti uchun jami 18,7 kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 34 dona transformator punktlari yangidan qurildi. Bundan tashqari, Nishon tumanidagi Talimarjon shahrida «Obod shahar» dasturi doirasida elektr ta'minotini yaxshilash maqsadida quvvati 160 kVA bo‘lgan 1 dona transformator punkti yangidan barpo etildi. Shuningdek, 35/6 kVli «Talimarjon» nimstansiyasi, 34 dona transformator punkitlari va 48,2 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarida mukammal va joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Talimarjon shaharchasida yashovchi 820 nafar aholi xonadonlariga elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos elektr hisoblagichlar jamiyat tomonidan bepul o‘rnatib berildi.

Yakkabog‘ tumanidagi «Eski Yakkabog‘» mahalla fuqarolar yig‘inidagi iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlab turgan 7.7 kilometr elektr uzatish tarmoqlarida ham rekonstruksiya ishlari bajarilib, 6,2 kilometr elektr uzatish tarmoqlari hamda 10 dona transformator punktlarida mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Bu kabi ishlarni amalga oshirishda 5148 dona ta'mirtalab, muddatini o‘tab bo‘lgan yaroqsiz yog‘och ustunlar mustahkam temir-beton ustunlarga hamda 155 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘i zamonaviy (SIP) kabel tarmog‘iga almashtirildi. Jamiyatimizda bunday ishlar haqida ko‘plab misollar keltirish mumkin.

Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida «Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» AJ xodimlari fidoyilik bilan mehnat qilishmoqda. Chunki, xalqimizning farovon turmush kechirishi uchun elektr energiyasining ahamiyati yuqori ekan, buni har bir xodim dildan his qilgan holda o‘z kasbiga sadoqatini namoyish etaveradi.

«Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: