Tusk «Trampni otishga olib ketayotgandek» tushgan suratini e'lon qildi 

Jahon 23:20 / 05.12.2019 31311

Ushbu surat Londonda o‘tgan NATO sammiti vaqtida olingan bo‘lib, unda Tusk go‘yoki qo‘lini to‘pponcha qilgancha Trampning orqasidan tirab turgandek aks etgan. Tusk suratga «Mavsumiy o‘zgarishlarga qaramay, bizning transatlantik do‘stlik davom etishi lozim», deb izoh qoldirgan. 

Yevrokengash rahbari sahifasiga obuna bo‘lgan foydalanuvchilarning ushbu suratga izohlari ham unga monand bo‘lgan: “Hände hoch» (“Qo‘lingni ko‘tar”), “NKVD maktabi. Qoyil, shavvoz!”, “Kadr tasodifan shunday chiqqan bo‘lsa-da, uni ataylab joylashtirishgan. Shok”, “Nima uchun pan o‘zini ahmoqona tutadi?”.    

Ba'zi kuzatuvchilar NATOning Londondagi sammitida Tramp ba'zi siyosatchilar tomonidan kulgu ostiga olinganiga e'tibor qaratishgan. Jumladan, avvalroq internetda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo, Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron AQSh prezidentining ustidan kulishayotgani videosi tarqalgandi. Ta'kidlanishicha, Tusk ham yuqoridagi suratni mazaxona tarzda e'lon qilgan bo‘lishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: