Qoraqalpog‘iston va Buxoroning ba'zi hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat 08:28 / 05.12.2019 6264

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatining ba'zi hududlarida ta'mirlash ishlari sababli gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgazta'minot» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

2019 yil 5 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumanidagi «Raushan» GTSda (gaz tarqatish stansiyasi) tabiiy gaz hisoblagichni ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli, «Raushan» OFY hududdagi jami 350 ta aholi xonadonlarida soat 13:00 dan 18:00 ga qadar, Shumanay tumanidagi «Dayxonobod» GTSda ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan «Dayxonobod» va «Arzimbetkum» OFY hududlaridagi jami 509 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 18:00 ga qadar gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. 

Shuningdek, 2019 yil 5 dekabr kuni Buxoro viloyati, Kogon tumanidagi «Izvestkoviy» GTSda yuqori bosimli gaz quvurlarida ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli, iste'molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish soat 9:00 dan 18:00 ga qadar vaqtincha to‘xtatiladi. Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

«Hududgazta'minot» AJ ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: