«Odamlarning umri uzayishini xohlaymiz» - Samarqand, Buxoro va Qarshida Zartek dializ markazi ochildi

Jamiyat 17:00 / 05.12.2019 18524

Samarqanddagi mashhur Zarmed tibbiy markazi o‘z faoliyatini kengaytirmoqda. Bu mashhur markaz Samarqand, Buxoro va Qarshidagi filiallarida turk investorlari bilan hamkorlikda Zartek dializ markazini ochdi.

Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bu markazlarda buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan bemorlar ambulator sharoitda davolanishlari mumkin.

Samarqanddagi markazda bir vaqtning o‘zida 12 ta Gambro AK-98 gemodializ apparati bemorlarning qonini tozalaydi. Zartek`ning Buxorodagi markazida bunday apparatlardan 8 ta, Qarshida esa 10 ta o‘rnatilgan. Bu uskunalar buyrakdagi zararli moddalarni tozalaydi.

Turkiyalik investorlarning aytishicha, ular O‘zbekistondagi loyihalarini davom ettirishadi. Ular Zarmed bilan hamkorlikda onkologiya radioterapiya markazini ham ochishlarini aytishdi. Zarmed rahbari Dilshod Shukurullayevning aytishicha, markazning maqsadi odamlarning salomatligini yaxshilash: «2019 yilning «Faol investitsiyalar va ijtimoiy himoya yili» deb e'lon qilinishi biz kabi tadbirkorlar uchun yo‘l ko‘rsatkichdir. Biz odamlarning umri uzayishini xohlaymiz», deydi markaz rahbari.

4 dekabr kuni Samarqandda Zartek dializ markazining ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasidan vakillar qatnashdi. Unda qatnashgan shifokorlar bunday markazlarning bo‘lishi odamlarning salomatligi uchun zarur ekanini ta'kidlashdi.

Ochilish marosimida buyrak kasalliklari bo‘yicha rossiyalik shifokorlar ham qatnashdi. Ular ochilish marosimidan so‘ng «Buyrak yetishmovchiligini davolashda zamonaviy yondashuv» mavzusida matbuot anjumanida qatnashib buyrak kasalliklarini davolashda qonni tozalash qanchalik muhim ekanini aytishdi.

Zartek klinikasidagi gemodializ apparatlarini malakali shifokorlar boshqaradi. Apparatlarga keladigan suv uchun maxsus filtr o‘rnatilgan va bu filtrni Turkiyada malaka oshirib kelgan maxsus injyener boshqarayotganiga guvoh bo‘ldik. Zarmed va Turkiyaning Tek Group korxonasi hamkorligida ochilgan dializ markaziga bejizga Zartek deb nom qo‘yilmagan. Ikki korxonadan dastlabki harflari olinib, shunday nom tanlangan. Tek Group ushbu loyiha uchun 500 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritgan. Yana 500 ming dollar Zarmed tomonidan sarflangan.

Darvoqe, bunday turdagi qonni tozalash uskunalari tashkilotchilarning aytishlaricha, O‘zbekistonda faqat davlat tibbiyot muassasalarida bo‘lgan va xususiy klinikalarda bunday imkoniyat bo‘lmagan.

Xullas, yangi ochilgan dializ markazida ish a'lo darajada tashkil etilgan. Sizni ham buyrak kasalliklari qiynayotgan bo‘lsa, Zartek markazlariga murojaat qiling.

Filial №1: Samarqand shahri, Isayeva ko‘chasi, 14.

Telefon:

+99866 2336226
+99897 5766226
+99897 2857871

Filial №2: Buxoro shahri, Namozgoh ko‘chasi, 261.

Telefon:

+99865 2266400
+99890 6116400

Filial №3: Qarshi shahri,Islom Karimov ko‘chasi, 474.

Telefon:

+99875 2263500
+99890 2443500
+99875 2263500

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: