Navoiyda fuqaro mahalladoshini 70 000 dollarga «uxlatib» ketdi 

Jamiyat 14:27 / 05.12.2019 9420

Navoiy viloyatining Karmana tumani Bog‘ishamol mahallasida yashovchi fuqaro M.M. mahalladoshi R.A.ga o‘z uyini sotishini aytib, undan 70 000 AQSh dollarini olgan.

Postda.uz’ning yozishicha, oradan oylar o‘tgan, ammo M. M. ahdida turmagan. Aksincha, qo‘lga kiritgan pulni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yubordi.

Uy oldi-sotdi jarayonida notarial idoralar xizmatidan foydalanmaslik, qolaversa, ishonuvchanlik, soddalik ana shunday ko‘ngilsiz voqeaga sabab bo‘ldi, deyiladi ma'lumotda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilyapti.

Ko‘proq yangiliklar: