«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va Sumitomo Mitsui Banking Co. Ltd. o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi

Jamiyat 19:25 / 05.12.2019 4434

4 dekabr kuni «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ rahbariyati hamda xalqaro Sumitomo Mitsui Banking Co. Ltd. kompaniyasi vakillari bilan o‘zaro istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida delegatsiya vakillariga elektr energetika sohasida o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xususida ma'lumotlar berildi. 

O‘z navbatida, delegatsiya vakillari bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, yaratilgan investitsiya muhiti ko‘pgina investorlarning aynan O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirganini ta'kidlab, kelajakda energetika yo‘nalishida hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirishdi.

Ma'lumot o‘rnida: Sumitomo Mitsui Banking Co. Ltd. xalqaro yirik moliya va bank kompaniyasi hisoblanib asosan Osiyo mamlakatlarida turli yo‘nalishlarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanuvchi moliyaviy tashkilot hisoblanadi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: