Qazib chiqarilayotgan gazni qish davrida aholi ehtiyoji uchun uzluksiz ravishda yetkazish maqsadida uglevodorod xomashyosini qazib chiqarish ko‘paytirilib, gaz uzatish infratuzilmasi kengaytirilmoqda.
GRP usuli qo‘llanilganidan so‘ng, 5 dekabr kuni Qoratepa konidagi ikkita quduqning kunlik debit hajmi 110 ming kub.m gaz hamda 17 tn neftni tashkil etdi.
Qoratepa-12 qudug‘ining kunlik debiti 0 dan 50 ming kub.m gaz va 3 tn neft hajmigacha ortdi.
Qoratepa-16 qudug‘ining kunlik debiti 20 dan 60 ming kub.m gaz va 8 dan 14 tn neft hajmigacha ortdi.
Yuqoridagi ishlar zamonaviy uskuna, ilg‘or usul va texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirilmoqda. Ular yakunlangach, atrof-muhitga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararli ta'sirga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, reagentlardan foydalanilgan holda yondosh hududdagi tuproqda rekultivatsiya o‘tkaziladi.
Gaz uzatish quvurlarining uchta yo‘nalishida qurilish ishlari davom ettirilmoqda:
- «Nazarquduq YP – Sho‘rtanneftgaz» (67 km);
- «Tandircha YP – Sho‘rtanneftgaz» (45 km);
- «Chigil YP – Muborak GQIZ» (110 km).
Quvur tortish ishlarining sur'ati kuniga o‘rtacha 4 km ni tashkil etib, ishlar kechayu-kunduz olib borilmoqda.
«Nazarquduq YP – Sho‘rtanneftgaz» yo‘nalishidagi gaz uzatish quvurlari pnevmatik sinovlarga tayyorlanmoqda.
5 dekabr holatiga ko‘ra jami:
- Keltirish uchun yuklangan quvurlar – 29,4 ming tn;
- Keltirilgan quvurlar – 17,4 ming tn;
- Kavlangan zovurlar – 56,2 km;
- Payvandlangan quvurlar – 67 km;
- Yotqizilgan quvurlar – 12,8 km.
EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati