Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududida ayanchli yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Postda.uz xabar berdi.
Xorazm viloyati Hazorasp tumanida yashovchi K.O. o‘zining Isuzi rusumli yuk avtomashinasini Boysun tumanining Shifobuloq mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 yo‘lining 1322-kilometrida haydab ketayotib boshqaruvni qo‘ldan chiqaradi. Natijada avtomashina yo‘l chetidagi beton to‘siqqa uriladi va ag‘dariladi.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi K.O. va avtoulov yo‘lovchisi, Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida yashagan E. S. jarohat olib, voqea joyida dunyodan ko‘z yumdi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.