Andijonda yong‘inni o‘chirish vaqtida ikki kishining jasadi topildi

Jamiyat 09:56 / 05.12.2019 17895

2019 yilning 3 dekabr kuni 06:20da Andijon shahri Sanoat MFY Temir yo‘l ko‘chasi 120-uyda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 4 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 06:26da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida uyning 1,5 kv. metr maydonda pol qismi yongan.

Yong‘inni o‘chirish vaqtida, uy egasi, 1965 y.t. fuqaro Sh.T. va uning ayol tanishi 1982 y.t. fuqaro V.S.ning tutundan dimiqqan holda jasadlari topilgan. 

Yong‘inning taxminiy sababi - qo‘lbola elektr isitish moslamasidan foydalanish. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: