Aholi uchun ajratilgan suyultirilgan gaz ballonlarini talon-toroj qilish holati aniqlandi 

Jamiyat 15:52 / 05.12.2019 10970

“Jomboytumangaz” filialida aholi uchun ajratilgan suyultirilgan gaz ballonlarini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati, Jomboy tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “Jomboytumangaz” filiali bo‘lim muhandisi G‘.I. va boshqalar moddiy javobgarligida bo‘lgan 128,2 mln. so‘mlik 402 dona maishiy gaz ballonlarini hamda 101,4 mln. so‘mlik suyultirilgan gaz mahsulotlarini asossiz hisobdan chiqarib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.   

Mazkur holat yuzasidan G‘.I. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: