Toshkentda yuzini tibbiyot niqobi bilan berkitgan jinoyatchilar dorixonani o‘mardi

Jamiyat 16:12 / 04.12.2019 15264

2019 yil 21 noyabr kuni taxminan soat 01:10larda, 26 yoshli N.M., 25 yoshli I.X. va 23 yoshli N.I. o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, yuzlarini tibbiyot niqobi bilan berkitgan holda, Chilonzor tumani 18-mavzedagi MChJga qarashli dorixonaga kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular sotuvchi, 28 yoshli X.M.ning yuziga urib, sumka ichidagi 16.500.000 so‘m va kassadagi 1.500.000 so‘m pullarni qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida I.X. jinoiy sheriklari bilan birga ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida I.X., N.M. va N.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan ayblov e'lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: