Chilonzor tumani aholisi yangi elektr hisoblagichlar o‘rnatish yuzasidan murojaat qilishi so‘raladi

Jamiyat 16:55 / 04.12.2019 4053

Ilg‘or xorijiy tajriba, zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosiga elektr energiyasi tarmog‘ida davlat boshqaruvining tashkiliy huquqiy aosslarini tubdan takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 23 oktyabrda «Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga 7 mln iste'molchini ulash hamda 2021 yilga qadar EEXO va NKAT qamrovini abonentlar umumiy sonining 100 foizgacha yetkazishga oid amaliy ishlar olib borilmoqda.

Chilonzor tumani elektr ta'minoti korxonasi tomonidan qaror ijrosini ta'minlash maqsadida tumanning barcha iste'molchilari elektr energiyasi hisoblagichlarini avtomatlashtirilgan tizimga mos zamonaviy hisoblatgichlarga almashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

Chilonzor tumani elektr ta'minoti korxonasi barcha iste'molchilardan elektr energiyasi hisoblagichlarini almashtirish vaqtida sodir bo‘layotgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, qaror asosida belgilangan topshiriqlarning ijrosiga o‘z hissangizni qo‘shishingizni, ya'ni hisoblagichlarni almashtirishga qarshilik bildirmasligingizni so‘raydi.

Chilonzor TETK elektr hisoblagichlarni almashtirish bo‘yicha biriktirilgan ma'sul xodim: F.Toshpo‘latov

Telefon: 98 127-26-22

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: