O‘zbekiston xayr-saxovat reytingining yetakchi yigirma beshtaligiga kirdi   

Jamiyat 19:50 / 03.12.2019 4148

Reyting o‘ninchi yil e'lon qilinmoqda va shu sababli uning tuzuvchilari o‘n yillikka yakun yasashga qaror qilishgan. Bu yillar davomida respondentlardan ular biror notanish muhtoj odamga yordam bergan-bermaganlari, xayriya ishlariga pul ajratganlari va ko‘ngilli bo‘lib ishlagan-ishlamaganlari so‘ralgan. Ularning javoblari asosida davlatlarga ballar hisoblab borilgan.  

Reytingga ko‘ra, 1-o‘rinni AQSh, 2-o‘rinni Myanma va 3-o‘rinni Yangi Zelandiya egallagan. Yetakchi o‘ntalikdan, shuningdek, Avstraliya, Irlandiya, Kanada, Britaniya, Niderlandiya, Shri-Lanka va Indoneziya o‘rin olgan. 

E'tiborlisi, O‘zbekiston 3 ta ko‘rsatkich bo‘yicha reytingning 25-o‘rnini egalladi. Jumladan, O‘zbekiston fuqarolarining muhtojlarga yordam berishi ko‘rsatkichi bo‘yicha 31-o‘rinni, xayriyaga pul ajratishi bo‘yicha 36-o‘rinni, ko‘ngillilik bo‘yicha 18-o‘rinni egalladi. 

Markaziy Osiyo davlatlaridan Turkmaniston reytingning 19-o‘rnini, Tojikiston 44-o‘rnini, Qirg‘iziston 55-o‘rnini, Qozog‘iston esa 78-o‘rnini egallagan.  

Reytingning eng quyi pog‘onalarini Falastin, Serbiya, Yaman, Gretsiya va Xitoy egallagan.

Ko‘proq yangiliklar: