O‘zbekiston aholisi muvaffaqiyatli ishlab chiqarish korxonasi aksiyadorlariga aylanishi mumkin

Jamiyat 12:20 / 03.12.2019 6827

2019 yil 10 oktyabrda «Kvars» AJ kompaniyasi SPO (amaldagi aksiyadorlarga tegishli bo‘lgan aksiyalarning ommaviy taklifi) boshlanganligi to‘g‘risida e'lon qildi. Shu kuni aksiyalarni sotib olish bo‘yicha investorlarning arizalarini qabul qilish boshlandi.

SPO tashabbuskori «Kvars» AJ ning asosiy aksiyadori – davlat nomidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bo‘ldi. Joylashtirish tashkilotchilaridan biri (anderrayter) investitsiya vositachisi – Portfolio Investmens MChJ bo‘ldi. Istalgan shaxs brokerlik kompaniyasi bilan shartnoma tuzishi va yuqori daromadli shisha ishlab chiqaruvchisining egasi bo‘lishi mumkin.

«Kvars» AJ faoliyatining barqarorligi shundaki, korxona O‘zbekistonda yagona shisha list va silliqlangan shisha ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Zavod foydasini va aksiyadorlarning daromadlarining oshishi istiqbollarini shisha narxining ko‘tarilishida ko‘rish mumkin. Agar narxlar 2019 yilning birinchi yarmida pasaygan bo‘lsa, ikkinchi yarmida ular ko‘tarildi va o‘tgan yili o‘zining cho‘qqisiga yaqinlashdi. Tahlilchilar bunday tendensiyani yaqin kelajakda davom etadi, deb hisoblashmoqda.

Shisha listlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi liniyaning qurilishi ham ushbu korxona istiqbollarining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Yiliga 20 million m² dan ortiq quvvatga ega liniya yordamida «Kvars» o‘z ishlab chiqarish hajmini ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda. Loyihani moliyalashtirishga 28,7 million dollar miqdoridagi o‘z mablag‘laridan tashqari, «Asaka» bank orqali JP Morgan Chase Bank xoldingining 36 million yevro (41,5 million dollar) miqdoridagi mablag‘lari jalb qilingan.

Bu omillarning barchasi «Kvars» AJ kompaniyasining O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bozoridagi kuchli pozitsiyasidan dalolat beradi va xalqaro moliyaviy sektorning ko‘p yillik faxriylari tomonidan moliyalashtirilishi xalqaro investitsion hamjamiyat tomonidan bildirilgan ishonch darajasini ta'kidlaydi. Bundan tashqari, 2018 yilda aksiyalar bo‘yicha dividend daromadi 27% dan ko‘proqni tashkil etdi, IPOʼdan keyin esa kotirovkalarning o‘sishi joylashtirishning o‘rtacha narxiga nisbatan 170% dan ko‘proqni tashkil etdi. 2019 yil avgust oyida «Kvars» AJ aksiyalari «Toshkent» Respublika fond birjasidagi eng jozibali qimmatli qog‘ozlar qatoriga kirdi.

SPO doirasida «Kvars» AJ aksiyalarini sotib olish bo‘yicha investorlarning arizalarini qabul qilish 2019 yil 24 dekabrgacha davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda «Kvars» AJ fond birjasida o‘zining 5% aksiyalarini birlamchi joylashtirishni (IPO) amalga oshirgandi. O‘shanda zavodning aksiyalari sarmoyadorlar orasida juda talabgir edi. Kim oshdi savdosi yakunlari bo‘yicha 7,5 mlrd. so‘mlik aksiyalari sotildi. Jami 4 547 934 dona aksiya sotuvga qo‘yildi. 3 305 kishi kompaniyaning yangi aksiyadorlariga aylandi. «Kvars» O‘zbekiston tarixidagi aksiyalari IPO orqali sotilgan birinchi korxona bo‘ldi.

Shisha zavodi aksiyalarining asosiy «xaridorlari» Farg‘ona viloyati aholisi bo‘ldi. Ular tomonidan 5 mlrd. so‘mlik qimmatli qog‘ozlar sotib olindi. Ikkinchi o‘rinda – Toshkent. Poytaxt aholisi qariyb 2,4 mlrd. so‘mlik aksiyalarni sotib olishdi.

Ushbu ma'lumot biror moliyaviy vositaning reklamasi emas, faqat ma'lumot berish maqsadida taqdim etilgan va qandaydir qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotishga undash hisoblanmaydi va aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan ko‘rsatilgan daromadlarni olishni kafolatlamaydi.

Telefon: +99871 267-75-75

Manzil: Mirzo-Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shox ko‘chasi, 107

Sayt: www.piamg.uz

E-mail: info@piamg.uz

Telegram: t.me/PIAMG

Facebook: fb.com/piamg.uz

Instagram: @piamg.uz

Linkedin: linkedin.com/company/piamg

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: