Soliq to‘lovchilarga yaratiladigan yashil, sariq va qizil yo‘laklar nimani anglatadi?

Foto: Shutterstock
Parlament quyi palatasidagi siyosiy partiya fraksiyalari hamda qo‘mitalari yig‘ilishlarida kechayotgan muhokamalarda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi to‘g‘risidagi qonun loyihasi maromiga yetkazilmoqda, deyiladi Qonunchilik palatasi saytida.
Muhokamalarda soliq tizimida huquqni qo‘llash amaliyotida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish hisobiga soliq nazoratining tartib-taomillarini yanada takomillashtirish, shu bilan birga, nazorat funksiyalari turlarini imkon qadar kamaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasiga soliq to‘lovchilar uchun tahlika-tahlil asosida soliq nazoratining yangi tartibi (kameral tekshiruv, sayyor tekshiruv, soliq auditi) taklif etilmoqda.
Tahlika-tahlil dasturi faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xo‘jalik sub'yektlarini muayyan mezonlar asosida, xavflilik darajasiga qarab, inson omilisiz, avtomatlashtirilgan holda 3ta segmentga (yashil yo‘lak, sariq yo‘lak, qizil yo‘lak) ajratadi.
Aytilishicha, ushbu dastur jahondagi ko‘plab davlatlarda, jumladan Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Rossiya federatsiyasi kabi rivojlangan davlatlarda hozirda samarali qo‘llanilib kelinmoqda.
Xavflilik darajasi past bo‘lgan (yashil yo‘lakcha) korxonalarga nisbatan hech qachon soliq tekshiruvlari amalga oshirilmaydi va ushbu korxonalarga yuqori darajadagi soliq xizmatlari ko‘rsatiladi.
Xavflilik darajasi o‘rtacha bo‘lgan (sariq yo‘lakcha) korxonalarga nisbatan faqat kameral soliq tekshiruvi amalga oshiriladi va ushbu korxonalarga xato-kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha hisobotini tuzatish imkoni beriladi hamda ularga nisbatan moliyaviy va ma'muriy jarimalar qo‘llanilmaydi.
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, buxgalteriya hujjatlarini va hisobvaraq-fakturalarini soxtalashtirish holatlari aniqlangan xavflilik darajasi o‘ta yuqori bo‘lgan (qizil yo‘lakcha) korxonalarga nisbatan soliq auditi tekshiruvi tadbirlari amalga oshiriladi. O‘z-o‘zidan aniqki, bunday korxonalar doimiy nazoratda bo‘ladi.
Bildirilishicha, ushbu tadbirlar soliq nazoratini amalga oshirishning shaffofligini ta'minlab, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

20:56 / 28.05.2025
Elektron soliq hujjatlarini Face-ID yoki barmoq izi yordamida ham tasdiqlash mumkin bo‘ladi

14:26 / 29.04.2025
Soliq kodeksiga tadbirkorlarni qo‘llashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritilmoqda

13:26 / 30.03.2024
Senatorlar turizmni rivojlantirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan qonunni ma’qulladi

07:24 / 13.04.2022