Jonson Trampning Britaniyaga tashrifi vaqtida u bilan imkon qadar kamroq suhbatlashishga harakat qiladi

Jahon 20:49 / 30.11.2019 7345

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson AQSh prezidenti Donald Trampning kelasi haftada Buyuk Britaniyaga tashrifi vaqtida u bilan imkon qadar kamroq suhbatlashishga harakat qiladi. Bu haqda The Times gazetasi xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, buning ortida 12 dekabrga mo‘ljallangan muddatidan avvalgi parlament saylovlari arafasida Trampning saylov kampaniyasiga ta'sirini pasaytirishni istayotgan konservativ partiya turibdi. 

Nashrning ma'lumot berishicha, Britaniya bosh vaziri va AQSh prezidenti atigi ikki marta uchrashadi, shu bois ular o‘rtasida birorta ham ikki tomonlama shaklda muzokara o‘tkazish rejalashtirilmagan. 

Tramp 2 dekabr kuni Buyuk Britaniyaga kelishi kutilmoqda va Londonda 3-4 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan NATO sammitidan so‘ng mamlakatni tark etadi.

Ko‘proq yangiliklar: