Ayrim hududlarda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat 08:43 / 30.11.2019 19132

Toshkent viloyatining ba'zi hududlarida ta'mirlash ishlari sababli gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgazta'minot» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

2019 yil 30 noyabr kuni Qibray tumani, «Bog‘ishamol» MFY hududidagi «Farovon» ko‘chasida tabiiy gaz sarfi monitoring qilinishi sababli, hududda olovli ishlar olib borilishi munosabati bilan, «Bog‘ishamol» MFY jami 906 ta gaz iste'molchilariga soat 9:30 dan 16:30 ga qadar, Bo‘ka tumani aholisiga bir me'yorda gaz taqsimlash maqsadida, gaz tarmoqlarini halqalash ishlari olib borilishi munosabati bilan tumanning «Madaniyat» va «Bunyodkor» MFYda joylashgan jami 402 ta aholi xonadonlariga soat 10:00 dan 15:00 ga qadar tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Shuningdek, 2019 yil 30 noyabr kuni tunda Zangiota tumani, «Tuyabo‘g‘iz» MFY «Bunyodkor» ko‘chasini tabiiy gaz bilan ta'minlovchi quvurni avtotransport urib yuborishi oqibatida gaz sizib chiqish holati aniqlangan. Ta'mirlash ishlarini zudlik bilan olib borish kerakligi sababli, mazkur ko‘chadagi jami 38 ta aholi xonadonlariga gaz ta'minotidan vaqtincha uzilgan. Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

«Hududgazta'minot» ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: