1 dekabr kuni Toshkentning ayrim ko‘chalari marafon sababli yopiladi

Jamiyat 19:24 / 30.11.2019 8806

1 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi tashabbusi bilan Toshkent shahri ko‘chalari bo‘ylab sog‘lomlashtirish marafoni o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Marafon 8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan tashkil qilinmoqda. 

Marafonda Qurolli Kuchlar akademiyasi shaxsiy tarkibi, harbiy pensionerlar va boshqa tashkilot hamda vazirliklardan kelgan mehmonlar ishtirok etadi.

Shu munosabat bilan Qurolli Kuchlar Akademiyasi – Kichik halqa yo‘li – Taraqqiyot ko‘chasi – “Ashxobod sayilgohi” istirohat bog‘i – Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasi – Parkent ko‘chasi – Qurolli Kuchlar akademiyasi yo‘nalishidagi ko‘chalar qisman yopiladi. 

Marafon soat 10:00 da Qurolli Kuchlar akademiyasi saf maydonidan start oladi. 

Unda ishtirok etish istagini bildirganlar salomatlik marafoniga taklif etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: