«Qizlar ovozi» platformasi qizlarga nimalarni va'da qiladi?

Jamiyat 11:10 / 29.11.2019 2835

Yoshlar Ittifoqi tomonidan har bir viloyat kengashlari huzurida «Qizlar ovozi» klublari tashkil etildi.

Yoshlar Ittifoqi Toshkent shahar Kengashi huzuridagi «Qizlar ovozi» klubining ochilish marosimida Markaziy Kengash xodimi Gulchehra Ashurova so‘zga chiqib, mazkur yangi platforma 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlarni qamrab olishi, bundan maqsad ularning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalarda faolligini oshirish ekani haqida gapirdi.

Platforma bir qator vazifalarni o‘z ichiga oladi:

·       Ijtimoiy loyihalar uchun grant tanlovlari;

·       Ilmiy-amaliy konferensiyalar;

·       Ijtimoiy tarmoqlarda «Qizlar ovozi» telegram boti va platformasini yaratish;

·       She'riyat to‘garaklarini tashkil etish;

·       Targ‘ibot guruhlarini shakllantirish;

·       Yosh xotin-qizlarni lavozimida o‘stirish;

·       Xorijiy davlatlarga o‘qish uchun yuborish;

·       «Qizlar ovozi» tok-shousini tasvirga olish.

«Bundan tashqari, Yoshlar Ittifoqi hududiy kengashlari qoshida «Qizlar ovozi» klubi ham tashkil etiladi. Ayni paytda ta'lim muassasalarida «Qizlarjon» klublari ham faoliyat yuritmoqda. Biroq ular kutilgan natijalarni bermadi.

«Qizlar ovozi» klubi undan farqli ravishda hudud xotin-qizlarining muammolarini yaxshiroq ko‘rsata oladi, degan umiddamiz», - deya Gulchehra Ashurovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Tadbir yakunida loyihalari va takliflari bilan chiqqan qizlar orasidan munosibi ovozga qo‘yish yo‘li bilan Toshkent shahar klubi kordinatorligiga tayinlandi va ishonchnomaga ega bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: