«Qishloq qurilish bank» Galaosiyo filiali yangi binoda ish boshladi

Jamiyat 15:00 / 28.11.2019 10182

Aksiyadorlik-tijorat «Qishloq qurilish bank» mijozlarga qulaylik yaratish, aholini zamonaviy bank xizmatlari bilan ta'minlash maqsadida o‘z infratuzilmalari faoliyatini takomillashtirib bormoqda. Respublika hududlarida bank infratuzilmalari tarmog‘i kengaymoqda va bank filiallari zamonaviy bank texnologiyalari bilan jihozlanmoqda.

Kuni kecha bankning Galaosiyo filiali yangi ma'muriy binoda ish boshladi. Shu munosabat bilan tashkil qilingan tadbirda bank Boshqaruvi va Buxoro viloyat hokimligi rahbarlari, bank mijozlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston bank tizimida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tub o‘zgarishlar amalga oshirilayotganligini, buning yorqin misolini Galaosiyo filialining yangi binosida yaratilgan qulayliklar misolida ham ko‘rish mumkinligini ta'kidladilar.

Bank binosi zamonaviy bank texnologiyalari, xususan, bankomatlar, infokiosklar bilan jihozlangan. Mijozlarga tezkor va sifatli xizmatlar ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 24/7 rejimida ishlaydigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi shoxobcha kechayu-kunduz uzluksiz faoliyat ko‘rsatmoqda.

ATB «Qishloq qurilish bank» kelgusida ham o‘z infratuzilmalari faoliyatini takomillashtirish orqali mijozlar ishonchini qozonishga, tadbirkorlar faoliyatini rag‘batlantirishga va aholi daromadlarini oshirishga intiladi.

«Qishloq qurilish bank» – farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun telefonlar: (+99878) 150-93-39, 150-39-93

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: t.me/QQBank

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: