«Ko‘p hollarda «Nega yuqori tashkilotga murojaat qilsam, tumandan javob qaytarildi», degan savollar beriladi. Bunga javoban aytish mumkinki, hududdagi mas'ullar ham mansabdor shaxs va ular belgilangan qonunchilik doirasida harakatlanish hamda qaror qabul qilish vakolatiga ega hisoblanadi», deydi Ozodbek Jo‘raboyev Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida shu bo‘yicha berilgan savolga javoban.
IIV rasmiysining qo‘shimcha qilishicha, yuqori turuvchi tashkilotlar hududdagi mas'ullar yurituvidagi hujjatlarni olib, unga tegishli yozma munosabat va topshiriq berishi mumkin. Lekin hududiy mas'ullar o‘zlari boshlagan ishni oxirigacha tugatib, qaror qabul qilishi shart bo‘ladi.
Agar murojaatchi hududda qaytarilgan javobdan qoniqmasagina undan yuqori turuvchi tashkilotga murojaat qilishi mumkin.