LG Electronics monitorlari: yanada yaxshiroq o‘ynang!

Jamiyat 17:00 / 28.11.2019 7848

LG kompaniyasi iste'molchilariga har bir kishi talablariga ko‘ra mahsulotlarni tanlab olishi mumkin bo‘lgan ko‘plab variantlarni taqdim etadi. Ammo 34UM69G modelidagi monitorning xususiyati o‘zgacharoq bo‘lib, u foydalanuvchiga ekranda yuz berayotgan voqealarga maksimal darajada chuqurroq kirishga imkon beradi. Bunday effekt keng ko‘rish burchagi hisobiga paydo bo‘ladi, xususan 21:9 formati bir qator inkor etib bo‘lmaydigan afzalliklarni beradi – siz tafsilotlarni aniqroq ko‘rasiz, o‘yin manyovrlari uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lasiz. Bu nafaqat kompyuter o‘yinlari ishqibozlari uchun, balki butun ish kunini kompyuter qarshisida o‘tkazadiganlar uchun ham qulaydir. Masalan, siz bir vaqtning o‘zida bir nechta hujjatlarni ochishingiz mumkin, ularni har daqiqada kichraytirishingizga hojat qolmaydi.

Grafik kartaning kadrlar almashish chastotasi orasidagi farqlar keskin bo‘lmasligi uchun LG Electronics kompaniyasi muhandislari dinamik o‘yinlarda silliqqina o‘tishni ta'minlaydigan FreeSync texnologiyasini o‘ylab topishdi. Hech qanday uzilishlar, to‘xtab qolishlar va xiralashishlar bo‘lmaydi, ma'lumotli rang sozlamalari sizga tasvir rejimini tanlash yoki o‘zingiz istagan parametrlarni tanlash imkonini beradi. Darvoqe, aslida bunga hojat ham yo‘q, sababi LG texnikasi «aqlliligi» bilan ajralib turadi, ya'ni u sizning talablaringizga avtomatik ravishda moslashadi. Ushbu monitor modeli shu qadar puxta o‘ylab chiqilgan!

Nafaqat «o‘yin ishqibozlari» o‘z qarshisida qanday monitor ko‘rishni istashlarini bilishadi, balki uskunani ishlab chiqaruvchilar ham ularning mahsulotlariga bo‘lgan talabni juda yaxshi tushunishadi. Shu sababli, qora rang stabilizatsiyasi yoki turli xil o‘yin rejimlari kabi qulay funksiyalarga qo‘shimcha ravishda monitor yaratuvchilari tashqi ko‘rinishga ham alohida e'tibor qaratishgan. Unda bitta ham ortiqcha detalni ko‘rmaysiz – u ixcham bo‘lib, istalgan xonaga uyg‘un holda mos kela oladi va alyuminiy taglik tufayli u juda ham ishonchli. Quvvat manbai va ulagichlar orqa qismda joylashgan bo‘lib, taglikka biriktirilgan maxsus plastik qavschalar ulagichlar uchun o‘ziga xos ilgak vazifasini o‘tashi mumkin.

LG mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha quyidagi manzillar bo‘yicha murojaat qiling:

  • «Fleshka» texnobozori (sobiq «Malika» fabrikasi);
  • MEDIAPARK Bozori tarmoqlari (+998 71 203 33 33);
  • «Next» SKMdagi LGning rasmiy do‘koni (+99895 143 00 03).

Servis xizmatlari masalalari bo‘yicha esa, iltimos, LG xaridorlarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting: 0800 120-22-22. O‘zbekiston aholisi uchun ushbu raqam bepul. Muhim: raqamni to‘liq terish lozim.

LG Uzbekistan rasmiy sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Facebook: fb.com/LGUzbekistan

Instagram: @LGUzbekistan

Telegram: t.me/lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: