Buxoro tumanida na'matak yetishtirish va qayta ishlash kompleksi ishga tushadi

Jamiyat 20:22 / 27.11.2019 2454

Buxoro tumani «So‘fikorgar» MFYda «Shuhrat» fermer xo‘jaligi o‘ziga xos tashabbus — na'matak yetishtirish va uning hosilini qayta ishlash bilan chiqdi. Bu haqda Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

— O‘rganishlarimizga binoan bir mavsumda 18 gektarda na'matak hosilini yetishtirganda, yiliga 400 tonnagacha xomashyoni qayta ishlash, 30 kishini ish bilan ta'minlash imkoni paydo bo‘lar ekan, — deydi yosh tadbirkor G‘olib Rahmatov. — Loyihamiz bank tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, uni amalga oshirish uchun shaxsiy jamg‘armamiz hisobidan 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘ tikishga tayyormiz.

Bundan tashqari, Qorako‘l tumani, «Xo‘jalar» MFYda «GURIPLIK TEKSTIL» O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasi negizida paxta tolasini yigirish, akril voloknosidan kalava ip, birlamchi yarim tayyor mato ishlab chiqarish loyihasi yaqin bir yilda amalga oshiriladi. Qardosh davlat hamkorlari korxonani 2021 yil uchinchi choragida to‘liq ishga tushirish uchun 5 mln AQSh dollari qiymatida investitsiya kiritish taraddudida.

Turkiya davlatining yana bir «MMM ERBA MAKINA SAN.VETIC A.S» kompaniyasi sarmoyadorlari bilan hamkorlikda Kogon shahridagi «Konchi» MChJ shaklidagi qo‘shma korxona negizida qurilish obektlari uchun quruq aralashmalar-shtukaturka, suvoq xomashyosi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bir yil istiqbolida qurib foydalanishga topshiriladigan korxona yiliga 120 ming tonna yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotish imkoniga ega bo‘ladi. Ishlab chiqariladigan mahsulotning 25 foizini chet elga eksport qilish nazarda tutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: