Ayrim hududlarda elektr energiyasida vaqtincha uzilish bo‘ladi 

Jamiyat 07:59 / 22.11.2019 9237

Bugun, 22 noyabr kuni, respublikaning ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtincha uzilish bo‘ladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xususan:

Farg‘ona viloyati. Oltiariq tumanining 75-transformator punktiga qarashli “Shalola” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi yangi tarmoqqa ulanishi sababli, ushbu MFYda;

Toshloq tumanidagi 764-sonli transformatorga tegishli eski havo uzatmasi yangi tortiladigan havo uzatmasiga o‘tkazilishi sababli, “Qanjirg‘a” MFYda;

Uchko‘prik tumanining 275-transformator punktining 10 KVli eski havo uzatmasi yangi havo uzatmasiga o‘tkazilishi sababli “Yulg‘unzor” MFYda;

Bag‘dod tumanining Hamzaobod podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli Hamza fideri 382-transformator punkti eski havo uzatmasidan yangi havo uzatmasiga o‘tkazilishi sababli soat 09:00 dan 17:00 ga qadar “Oydinbuloq” MFYlarida elektr energiyasida ta'minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Namangan viloyati. Namangan shahridagi “Olmazor” nimstansiyasida rejali mukammal ta'mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar, Namangan shahrining “Yangitong”, “Davlatobod” va “Porloq” MFYlarida;

Mingbuloq tumanidagi “Gulbog‘” nimstansiyasida rejali mukammal ta'mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar, Mingbuloq tumanining “Alami” va “Beshserka”, “Qo‘g‘ali” va “Qizilqum” MFYlar hamda Pop tumanining “Yuksalish” va “Yakkatut” MFYlarida;

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Oqtosh” nimstansiyasida rejali mukammal ta'mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar, To‘raqo‘rg‘on tumanining “Oqtosh”, “Yuqori Mo‘g‘iltoy”, “Buramatut”, “Kalvak”, “Mozorko‘xna”, “Beruniy”, “O‘zbekiston”, “Saroy”, “Bozorboshi”, “Yermasjid” va “Qatag‘on” MFYlarida;

Kosonsoy tumanidagi “Koson” nimstansiyasida rejali mukammal ta'mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar, Kosonsoy tumanining “Gulobod”, “Tagijar”, “Xurriyat-1,2” va “Bomraxa” MFYlarida;

Uychi tumanidagi “Qizil Rovot” nimstansiyasida rejali mukammal ta'mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar, Uychi tumanining “Ziyokor”, “Do‘stlik” va “Yangiyer” MFYlarida;

Norin tumanidagi “To‘da” havo elektr uzatish tarmog‘i rejali mukammal ta'mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Norin tumanining “Norinkapa”, “Soybo‘yi”, “Xo‘jaqo‘rg‘on”, “Istiqlol” va “Yangi Farg‘ona” MFYlarida;

Chust tumanidagi “Axcha” havo elektr uzatish tarmog‘i rejali mukammal ta'mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Chust tumanining “Zovudqand”, “Birlik” va “Ko‘cha” MFYlar hududlarida iste'molchilarga elektr energiyasini yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.

Xorazm viloyati. Urganch tumanidagi “Shermatlar” mahallasi, Shovot tumanining “Madaniyat”, “Arbob”, “Po‘lat”, “Ijtimoyat”, “Qunduz”, “Tuproqqal'a”, “Hunarmand”, “Beshmargan”, “Yangi yo‘l” mahallarida joriy ta'mirlash ishlari o‘tkazilishi kutilmoqda. Shu sababli yuqorida keltirilgan hududlarda joriy yilning 22 noyabr kuni soat 9:00dan 18:00gacha elektr energiyasi ta'minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: