Toshkent viloyatining ayrim hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat 09:01 / 21.11.2019 4396

Toshkent viloyatining ba'zi hududlarida ta'mirlash ishlari sababli gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. 

«Hududgazta'minot» matbuot xizmati xabariga ko‘ra:

2019 yil 21 noyabr kuni Nurafshon shahar, «Muqimiy» MFY hududida yangi qurilgan uylarni tabiiy gaz tarmog‘iga ulash ishlari olib borilishi munosabati bilan, «Muqimiy» MFY «Ufq» va «Ziyolilar» ko‘chalari hamda «Evalek» MFYning «Iftixor» va «Pillakor» ko‘chalarida jami 261 ta aholi xonadonlariga soat 9:00 dan 17:00 ga qadar; 

Olmaliq shahar, Piskent tumani «Namuna» MFY «Yangi hayot» ko‘chasini tabiiy gaz bilan ta'minlovchi GTShni (GRP) almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan mazkur ko‘chadagi jami 55 ta aholi xonadonlariga soat 9:00 dan 16:00 ga qadar; 

Oqqo‘rg‘on tuman, «Suvchi» MFYda joylashgan 38-maktab binosini qurilish ishlari tugatilganligi va mavjud gaz quvurini ko‘chirish ishlari sababli, hududdagi jami 64 ta aholi xonadonlariga soat 10:00 dan 16:00 ga qadar tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Shuningdek: 

2019 yil 20 noyabr kuni Ohangaron shahar, 1-mikrorayon hududidagi ko‘p qavatli xonadonlarning dudburonida nosozliklar aniqlangani sababli, mazkur hududdagi jami 48 ta xonadon; 

Oqqo‘rg‘on tumani, «Qahramon» MFY hududidagi «Halimaxon Saidxo‘jayeva» fermer xo‘jaligi yer maydonidan o‘tgan yuqori bosimli gaz quvuriga yerni shudgorlash chog‘ida ehtiyotsizlik oqibatida zarar yetkazilgani sababli, tumandagi «Qahramon» va «Qo‘rg‘otepa» MFY;

Piskent tumani, «Sattorobod» MFY hududlaridagi jami 1260 ta xonadon; 

Quyi Chirchiq tumanidagi «Mingchinor», «Ko‘ksaroy», «Galabotir», «Birlik», «Oydinobod» va «Xisarak» MFYdagi jami 2200 ta aholi xonadonlari gaz ta'minotidan vaqtincha uzilgan. Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

Ko‘proq yangiliklar: